“Formula-1” Bahrayn va Saudiya Arabistoni Gran-prilarini bekor qilmoqchi

Sport

image

Joriy yilning aprel oyida Bahrayn va Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Formula-1” poygalari Yaqin Sharqdagi mojaro sabab bekor qilinishi mumkin. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, musobaqalarni bekor qilish bo‘yicha yakuniy qaror shu hafta oxiriga qadar qabul qilinadi. Qayd etilishicha, mintaqadagi mojaro jamoalar va xodimlar xavfsizligi uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

Agar poygalar bekor qilinsa, ularning o‘rniga boshqa bosqichlar qo‘shilmaydi va chempionat taqvimi 22 bosqichgacha qisqartiriladi.

Kecha, 13 mart kuni esa “Mercyedes” jamoasining britaniyalik piloti Jorj Rassell “Formula-1” mavsumining ikkinchi bosqichi – Xitoy Gran-prisining sprint poygasi uchun saralash bosqichida g‘olib chiqdi.

Rassell aylanani 1 daqiqa 31,520 soniyada bosib o‘tdi. Uning jamoadoshi, italiyalik Kimi Antonelli ikkinchi o‘rinni egallab, undan 0,289 soniya ortda qoldi. Uchinchi o‘rinni esa amaldagi jahon chempioni, “Maklaren” jamoasi vakili Lando Norris (+0,621) egalladi.

To‘rt karra jahon chempioni, “Red Bull” jamoasi haydovchisi Maks Ferstappen esa sakkizinchi eng tezkor natijani qayd etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Bahrayn “Formula-1”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing