“Forbes” O‘zbekistonni eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlari ro‘yxatiga kiritdi

Jamiyat

image

AQSHning mashhur "Forbes" jurnalida O‘zbekiston 2024 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi yo‘nalishlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda "Dunyo" agentligi xabar berdi. 

"Forbes" moliyaviy-iqtisodiy jurnali o‘z o‘quvchilariga O‘zbekistonni 2024 yilda tashrif buyurish uchun eng yaxshi joylardan biri sifatida qayd etib, respublikaga sayohat qilishni tavsiya etmoqda.

Maqolada dunyodagi yetakchi "Lonely Planet" sayyohlik nashri vitse-prezidenti Tom Xollning quyidagi so‘zlari iqtibos o‘rnida keltirilgan:

"O‘zbekistonda Ipak yo‘lining eng yaxshi saqlanib qolgan tarixiy obidalarini, shuningdek, ajoyib tog‘lar va istiqbolli poytaxti Toshkentni ko‘rishingiz mumkin".

Shuningdek, maqolada mamlakat hududlari bo‘ylab sayohat qilish uchun qulay va arzon poyezd xizmatlari yo‘lga qo‘yilgani ma’lum qilingan. 

"AQSHdan O‘zbekistonga sayohat qiluvchilar uchun Nyu-York shahridan haftasiga bir nechta to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, Seul va Istanbul orqali ham borish, ham sayyohlar uchun qulayliklar yaratadi", deyiladi nashr maqolasida.

Qayd etish kerakki, "Forbes" O‘zbekistonni 2022 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 50 ta hududlar ro‘yxatiga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Forbes Dunyo agentligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing