Forbes dunyoning eng kuchli ayollari reytingini e’lon qildi

Bu qiziq

−

image

Amerikaning eng mashhur jurnallaridan biri hisoblangan Forbes dunyoning eng kuchli ayollari reytingini e’lon qildi. 100 ta nomdan tarkib topgan ushbu ro‘yxat bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin:

1.  Angela Merkel – Germaniya Federativ Respublikasi kansleri.
2.  Tereza Mey – Buyuk Britaniya Bosh vaziri.
3.  Kristin Lagard – fransiyalik huquqshunos.
4.  Meri Barra – “General motors”  bosh direktori.
5.  Abigail Jonson – amerikalik ishbilarmon ayol.
6.  Melinda Geyts – “Bill & Melinda Gates” fondi asoschisi.
7.  Syuzan Voychitski – Google asoschilaridan biri, YouTube bosh direktori.
8.  Ana Patrisiya Botin – ispaniyalik bankir.
9.  Merilin Xyuson – “Lockheed Martin” kompaniyasi prezidenti.
10.  Jinni Rometti – amerikalik biznes boshqaruvchi.
11.  Sheril Sandberg – amerikalik milliarder, Leanin.org sayti asoschisi.
12.  Geyl Budro – amerikalik ishbilarmon ayol.
13.  Anjela Arends – “Apple” kompaniyasi vitse-prezidenti,
14.  Safra Katz – “Oracle” korporatsiyasi direktori.
15.  Isabella Kocher – fransiyalik ishbilarmon ayol.
16.  Adena Fridman – “Nasdaq” bosh direktori.
17.  Ho Ching – “Temasek Holdings” bosh direktori.
18.  Emma Uolmisli – “GlaxoSmithKline” bosh direktori.
19.  Rut Beyder Ginzburg – Qo‘shma Shtatlar Oliy sudi sudyasi.
20.  Opra Uinfri – amerikalik aktrisa, prodyuser.
21.  Rut Porat – “Alphabet” kompaniyasining moliyachi xodimi.
22.  Loren Pauyell Jobs – amerikalik ishbilarmon ayol.
23.  Yelizavetta II – Buyuk Britaniya qirolichasi.
24.  Ivanka Tramp – Amerikaning 45-Prezidenti Donald Trampning qizi, dizayner, siyosatchi.
25.  Febe Novakovich – “General Dynamic” bosh direktori.
26.  Sheyx Xasina Vazed – Bangladesh Bosh vaziri.
27.  Steysi Kanningem – Nyu-York fond birjasining 67-Prezidenti, bankir.
28.  Emi Xud – “Microsoft” kompaniyasining moliyaviy direktori.
29.  Yasinda Ardern – Yangi Zeyelandiya Bosh vaziri.
30.  Jina Raynxart – avstraliyalik eng boy ayollardan biri.
31.  Shari Redstoun – “National Amusements” direktori.
32.  Kerri Lem – Gongkong Kongressi bosh kotibi.
33.  Meri Kallaxan Erdos – “J.P.Morgan Asset & Wealth Management” bosh direktori.
34.  Rozalind Bryuer – Amerikaning eng mashhur ayollaridan biri.
35.  Erna Solberg –  Norvegiya Bosh vaziri.
36.  Bonni Xammer – amerikalik ishbilarmon ayol.
37.  Liza Devis – amerikalik aktrisa.
38.  Marianna Leyk – amerikalik bankir, moliyachi.
39.  Mingju Dong – “Gree Electric” kompaniyasi raisi.
40.  Say In Ven – huquqshunos, siyosatchi.
41.  Donna Lengli – “Universal pictures” kompaniyasi risi.
42.  Enn Finukeyn – Amerika banki vitse-prezidenti.
43.  Djillian Tans – “Booking.com” kompaniyasi bosh direktori.
44.  Ti Fuong Txao Nguyen – vetnamlik ishbilarmon ayol.
45.  Nisola Sturgeon – Shotlandiyaning birinchi vaziri.
46.  Jan Lyu – Xitoyning yirik mobil aloqa platformasi hsoblangan “Didi Chuxing” Prezidenti.
47.  Kolinda Grabar-Kitarovich – Xorvatiya Prezidenti.
48.  Anna Vintur – “Vogue” jurnali bosh muharriri.
49.  Elvira Nabiullina – Rossiya Markaziy banki rahbari.
50.  Beyons Noulz – amerikalik mashhur qo‘shiqchi, aktrisa, prodyuser va raqqosa.
51.  Roshni Nadar Malhotra – “HCL” korxonasi bosh direktori.
52.  Dana Uolden – “Fox” televizion guruh raisi.
53.  Prissilla Chan – amerikalik pediatr.
54.  Trisha Griffit – amerikalik ishbilarmon ayol.
55.  Jennifer Morgan – “SAP” Prezidenti.
56.  Fen In Van – xitoylik ishbilarmon ayol.
57.  Meggi Vey Vu – “Alibaba” kompaniyasining bosh moliyachi xodimi.
58.  Lyubna Olayan – saudiyalik ishbilarmon ayol.
59.  Gvinn Shotvell – Amerika transport kompaniyasi Prezidenti.
60.  Kiran Mazumdar Shou – hindistonlik milliarder ayol.
61.  Melani Krays – germaniyalik ishbilarmon ayol.
62.  Chjou Kuanfe – yirik sensorli ekran ishlab chiqaruvchi “Lens Technology” kompaniyasi asoschisi.
63.  Dalya Gribauskayte – Litva Prezidenti.
64.  Gyuler Sabanji – turkiyalik ishbilarmon ayol.
65.  Pen Liyuan – Xitoy Prezidentining rafiqasi.
66.  Ketrin Viner – Buyuk Britaniya jurnalisti.
67.  Federika Mogerini – italiyalik siyosatchi.
68.  Tyeylor Svift – amerikalik qo‘shiqchi.
69.  Belinda Jonson – amerikalik advokat.

70.  Zenni Minton-Beddouz – “The economist” jurnalining birinchi ayol bosh muharriri.
71.  Ketlin Kennedi – “Lucasfilm” Prezidenti.
72.  Linn Gud – “Duke Energy” kompaniyasi bosh direktori.
73.  Solina Chau – “Li Ka Shing” fondi direktori.
74.  Shonda Rayms – amerikalik teleprodyuser.
75.  Judi Folkner – amerikalik milliarder ayol.
76.  Kyersti Kalyulayd – Estoniya Prezidenti.
77.  Arianna Xaffington – amerikalik sharhlovchi, ishbilarmon ayol.
78.  Shri Mulyani Indravati – Indoneziya moliya vaziri.
79.  Serena Uilyams – amerikalik professional tennischi.
80.  Meg Uitmen – amerikalik ishbilarmon ayol, siyosatchi.
81.  Denis Kouts – Buyuk britaniyalik milliarder ayol.
82.  Raja Easa Al Gurg – “Easa Saleh Al Gurg” guruhining boshqaruvchi direktori.
83.  Eliza Menningem-Buller – Buyuk Britaniya Xavfsizlik xizmatining iste’fodagi xodimi.
84.  Vay In Lam – xitoylik milliarder ayol.
85.  Mishel Bachelet – Chili davlatining sobiq Prezidenti.
86.  Li Bu-Jin – “Hotel Shilla” kompaniyasining direktori.
87.  Jenni Li – Xitoyning eng hurmatli sarmoyadorlaridan biri.
88.  Shobxana Bxartiya – “Hindustan Times Group” rahbari.
89.  Kirsten Grin – “Forerunner Ventures” kompaniyasi asoschisi.
90.  Geysha Uilyams – amerikalik ishbilarmon ayol.
91.  Ana Brnabich – Serbiya Bosh vaziri.
92.  Enn Vodjitski – amerikalik ishbilarmon ayol.
93.  Eylin Li – amerikalik yirik investor.
94.  Priyanka Chopra – hindistonlik aktrisa.
95.  Raniya Nashar – “Samba Financial Group” bosh direktori.
96.  Dominik Seneke – Fransiyaning xususiy sarmoyadorlar shirkati Prezidenti.
97.  Saxle Vork Zevde – Efiopiya Prezidenti.
98.  Tereziya Gou – indoneziyalik ishbilarmon ayol.
99.  Margarita Lui Dreyfus – “Louis Dreyfus” rahbari, milliarder.
100. Bet Bruk-Marsiniak – “EY” vitse-prezidenti.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

152

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing