Volkswagen`da olib o‘tilayotgan qurol to‘xtatib qolindi

Jamiyat

image

Bojxona xodimlari tomonidan yana bir  qonunbuzilish holatiga chek qo‘yildi.

Surxondaryo viloyati  “Sariosiyo”  chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan o‘zining “Volkswagen Jetta” rusumli yengil avtomashinasida kirib kelgan xorijiy davlat fuqarosi Yu.A. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Tekshiruv natijasida, ushbu shaxsning avtomashinasida bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan pnevmatik to‘pponcha, 5 dona gaz balloni va 630 dona po‘lat o‘qlar borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona posti

Baholaganlar

95

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing