Floyd Meyvezer ringdan tashqarida qancha pul topishini aytdi

Sport

image
0:00
0:00
download

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer (50-0, 27 KO) Uorren Baffet, Bill Geyts va Uolton kabi 50, 60, 90 yoshda ham pul ishlab topishni xohlaydi. U bu haqda “Intu Boxing” nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Shuningdek, Floydning aytishiga qaraganda u boksdan tashqarida ham yiliga 40, 50, 60 million dollar ishlab topishi mumkin

“Ko‘ryapsizmi, ular xafa, chunki men o‘yinni sog‘ishni bilaman. Men aqlliman, shuning uchun barcha mahoratimni saqlab qoldim. Biznesga to‘g‘ri sarmoya kiritdim. Uorren Baffet, Bill Geyts, Uolton kabi yigitlar  50, 60, 90 yoshda ham pul ishlashda davom etadi. Bu ular uchun odatiy.

Men oddiygina bolakay edim, lekin boks cho‘qqisiga chiqishga muvaffaq bo‘ldim. Biroq ketganimdan keyin ham boks cho‘qqisida qolaman. Menda bir vaqtning o‘zida barcha qobiliyatlar va katta pul bor. Ringdan tashqarida ham yiliga 40, 50, 60 million ishlab olishimdan tashvishlanyapsiz. G‘azablanmang, bu keksa [Mayvezer] baribir g‘alaba qozondi”, degan Floyd.

Ma’lumot o‘rnida, Meyvezer joriy yilning 14 may kuni Dubayda Don Muraga qarshi ko‘rgazmali jang o‘tkazadi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Floyd Meyvezer

Baholaganlar

421

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing