Floyd Meyvezer mashhur reper bilan jang qilmoqchi

Sport

image

Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer 50 Sent taxallusi bilan tanilgan amerikalik reper Kertis Jekson bilan jang qilishga tayyorligini aytdi. Bu haqda bokschining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qilgan.

Meyvezer va 50 Sent ilgari qo‘shma biznes yuritgan, ammo keyinchalik ular ajralib ketishdi. Shundan so‘ng, Meyvezer va 50 Sent bir-birining manziliga muntazam “tosh ota” boshladi.

“Eshitishimcha, 50 Sent menga qarshi jang qilishni xohlayapti ekan, lekin men buning uchun juda kichiklik qilarmishman.

Agar u boks qo‘lqoplarini kiymoqchi bo‘lsa, yil oxirida biz ko‘rgazma jangini o‘tkazishimiz mumkin. Ammo 50 Sent bilan kurash “g‘olib hammasiga ega bo‘ladi” sharti asosida o‘tadi”, deydi Meyvezer.

Ma’lumot o‘rnida, Floyd Meyvezer oxirgi marta 2017 yil avgust oyida irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregorga qarshi ringga ko‘tarilgan. O‘sha jangda Floyd raqibini boks qoidalari bo‘yicha mag‘lubiyatga uchratgan edi. 43 yoshli amerikalik bokschining hisobida 50 ta jang va 50 g‘alaba bor. Shundan 27 tasi nokaut bilan yakunlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Floyd Meyvezer 50 Tsent

Baholaganlar

190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing