Floridada akula ayolning 14 ta joyidan tishladi

Olam

image

Floridaning Fors ko‘rfazi qirg‘og‘ida suzayotgan ayol akula hujumiga uchradi. Ma’lum bo‘lishicha yirtqich uning 14 ta joyidan tishlagan. Bu haqda “Foxnews” nashri xabar berdi.

Keltirilishicha, 26 yoshli Natali Branda sohilga dugonalari bilan tug‘ilgan kunini nishonlash uchun borgan va qayiqda sayohatga chiqqan. So‘ngra qizlar cho‘milish uchun suvga tushgan.

“Biz qayiqdan sakrab tushdik, suzdik, bir necha soat suzdik. Shunchaki ajoyib kun o‘tqizayotgan edik. Keyin men bosimni his qildim va akula hamlasiga yo‘liqdim. Qutilish uchun qayiq tomon juda tez suzdim”, dedi yaralangan ayol.

Fotosuratlarda ayolning oyoq va qorin qismida tishlash izlari va shiramlar qolganini ko‘rish mumkin.

“Men o‘sha paytda faqat qornimni ko‘rdim va qayiqdagilar “bu unchalik og‘ir jarohat emas”, dedi. Ammo keyin men o‘girildim va hamma “Ey Xudoyim” deb yubordi”, dedi Branda.

Boshdan kechirgan ushbu hodisaga qaramay, Branda yana suvga qaytishni rejalashtirayotganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz,  Misrning Xurgada shahridagi plyajda rossiyalik 23 yoshli sayyohni akula yeb qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

ayol Florida akula sohil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing