FXX o‘quv muassasasiga qurolli hujum qilmoqchi bo‘lganlarni qo‘lga oldi
Olam
−
23 mart 2020
10472Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Saxalin viloyatidagi o‘quv muassasasida sodir etilishi rejalashtirilgan ommaviy qirg‘inning oldini oldi. Bu haqda FXX matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu xunrezlikni 2002 va 2003 yillarda tug‘ilgan ikki o‘spirin rejalashtirgan.
Ularning yonidan topilgan kundalikda hujum rejalari batafsil qayd etilgan. Hozirda aynan qaysi muassasaga hujum qilish maqsad qilingani aniqlashtirilmoqda.
“Tintuv paytida talabalar yonidan ov qurollari, uning patronlari, sanoat detonatori, taxmin qilinayotgan portlash moslamalari, portlovchi moddalar va aloqa vositalari topilgan”, deyiladi FXX xabarida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ularga nisbatan “Terrorchilik faoliyatiga ommaviy targ‘ib etish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi