FXX “Shimoliy oqim”dagi portlash bo‘yicha jinoyat ishi ochdi
Olam
−
29 Sentabr 2022
8901Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmatining Tergov departamenti Rossiyaning “Shimoliy oqim-1” va “Shimoliy oqim-2” gaz quvurlariga zarar yetkazilishi sababli jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 361-moddasi 1-qismi (“Xalqaro terrorizm akti”) bilan tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu moddadagi jinoyatda ayblangan shaxslar 10 yildan 20 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Idoraning ta’kidlashicha, “Rossiya Federatsiyasi gaz quvurlariga qasddan zarar yetkazish bo‘yicha amalga oshirilgan harakatlar natijasida katta iqtisodiy zarar yetkazilgan”.
“Shimoliy oqim 1”ning ikkita liniyasi va “Shimoliy oqim 2”ning bir liniyasida gaz sizib chiqayotgani 26 sentyabr kuni ma’lum bo‘ldi. Yevropa Ittifoqi rasmiylari “Shimoliy oqim”ga ataylab zarar yetkazilganini aytmoqda.
Hodisalarni Germaniya, Daniya va Shvetsiya tekshirmoqda. Nemis maxfiy xizmatlari bu g‘avvos yoki suv osti kemasidan foydalangan holda sabotaj bo‘lgan deb gumon qilmoqda. Ularning fikricha, gaz quvurlari tezda ta’mirlanmasa, ular abadiy yaroqsiz holga kelishi mumkin.
Rossiya esa gaz quvurlaridagi sizish sabab BMT Xavfsizlik kengashini chaqirish niyatida. Moskva hodisani tergov qilishga chaqiryapti.
LiveBarchasi