FQB Trampning Floridadagi qarorgohida tintuv o‘tkazdi 

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Federal qidiruv byurosi xodimlari uning qarorgohiga bostirib kirib, tintuv o‘tkazganini aytdi. Bu haqda “Deutsche Welle” nashri yozmoqda.

“Bizning xalqimiz uchun qorong‘u davrlar boshlandi. Mening Floridadagi go‘zal uyim Mar-a-Lago hozirda FQB xodimlari tomonidan qamalga olingan”, deydi Tramp.

Sobiq Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, tintuvlar davomida FQB xodimlari uning seyfini buzib kirgan. 

“Bu huquq-tartibot organlarining noto‘g‘ri xatti-harakati, sud tizimini qurolga aylantirish va 2024 yilda Prezidentlikka nomzod bo‘lishimni istamayotgan so‘l demokratlarning hujumi”, deydi u.

Qayd etilishicha, Federal qidiruv byurosi sobiq Prezidentning uyida tintuv o‘tkazilgani haqidagi savolga javob berishdan bosh tortgan va tintuvning mumkin bo‘lgan sabablariga izoh bermagan. Biroq, Amerika matbuoti tergovga yaqin manbalarga tayanib, sud Tramp Oq uyni tark etganda o‘zi bilan olib ketgan maxfiy hujjatlar sabab tintuvga ruxsat bergani haqida yozmoqda.

Aytish joizki, joriy yilning fevral oyida mamlakat Milliy arxivi Trampning Mar-a-Lago qarorgohidan 15 quti hujjatlarning musodara qilinganini tasdiqlagan. Ular orasida Trampning Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan yozishmalari, shuningdek Trampdan oldingi Prezident Barak Obamaning Oval kabinetda qoldirgan maktubi bor edi. 

Qonunga ko‘ra, Prezidentlik muddati tugagandan so‘ng hujjatlar Milliy arxivga topshirilishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp tintuv

Baholaganlar

275

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing