FQB rahbari imi-jimida Isroilga bordi
Olam
−
15 fevral
5096AQSH Federal qidiruv byurosi (FQB) direktori Kristofer Rey Isroilga kutilmagan tashrif bilan keldi. Bu haqda FQB matbuot xizmati xabar berdi.
“Rey isroillik hamkasblari bilan suhbatda FQB Isroilni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini aytdi hamda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik muhimligini ta’kidlab, buni uzoq yillik, yaqin va mustahkam sheriklik, deb atadi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, hisobotda FQBning o‘z ittifoqchilari xavfsizligini ta’minlash borasidagi qat’iyati qayd etilgan.
“FQB o‘z fuqarolarini terrorchilik tahdidlari va faoliyatidan himoya qilish bo‘yicha Isroilning yordam so‘rovlariga javob berdi va javob berishda davom etadi”, deyiladi bayonotda.
Bundan tashqari, Rey Isroildagi FQB rasmiylari bilan uchrashib, ularga mintaqadagi fidoyiliklari va xizmatlari uchun minnatdorlik bildirgan.
LiveBarchasi