Fiskal tartib-qoidalarni buzganlik uchun jarima summasi 98 foizga tushirildi
Jamiyat
−
27 fevral
6242Bugun, 26 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik sub’ektlariga fiskal belgilar va tovarlarni markirovkalash bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun qo‘llaniladigan moliyaviy sanksiyalarni yumshatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Soliq kodeksining 227-1 moddasiga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi ushbu hujjatga ko‘ra, fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar birinchi marta sodir etilganda – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizi miqdorida; bir yil davomida takror sodir etilganda – sof tushumning 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bundan avval, fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarlik uchun sof tushumning 100 foizi miqdorida jarima qo‘llanilar edi. Ma’lum bo‘lishicha, endilikda ushbu huquqbuzarlik uchun qo‘llangan jarimadan qarzdorlikning 98 foizi hisobdan chiqariladi va qarzdorlikni undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi.
Agar jarima allaqachon undirilgan bo‘lsa, 98 foizi kelgusi to‘lovlar hisobiga tadbirkorlik sub’ektlariga qaytariladi.
Mohinur Mamatova
LiveBarchasi