Firibgarlikda ayblanib, qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik Istanbulda qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, 2021 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Shahnoza Sayidmurodovna Rahmatova Istanbul shahrida qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

1981 yilda tug‘ilgan Shahnoza Rahmatova Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan. U bugun, 7 sentyabr kuni Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasiga deportatsiya qilindi. 

"Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘raladi", deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, 2022 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Dilafruz Madiyeva ham O‘zbekistonga deportatsiya qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul Firibgarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing