Firibgar Yan mendan qo‘rqadi – Sterling “avjiga chiqdi”
Sport
−
02 fevral 2022
3189UFC super yengil vazn toifasi chempioni, amerikalik Aljameyn Sterling twitter sahifasida promoushenning vaqtinchalik chempioni, rossiyalik Petr Yanni firibgar, deb atadi.
“Chyotr (“Petr” va “firibgar” (ing) so‘zlarining qo‘shilmasi) Yan mendan qo‘rqadi”, deya yozgan Sterling.
Eslatib o‘tamiz, Yan so‘nggi jangini UFC 267 musobaqasida Kori Sendxagenga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongan. Shundan so‘ng u super yengil vazn toifasida vaqtinchalik chempion unvonini qo‘lga kiritgan.
Avvalroq, Sterling va Yan o‘rtasidagi revansh jangi joriy yil 9 aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan UFC 273 musobaqasining asosiy kardida bo‘lib o‘tishi malum qilingan edi.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli Petr Yan vazn toifasidan qat’i nazar, eng kuchli UFC jangchilari reytingida 8-o‘rinda qayd etilgan.