Firdavs Abduxoliqov Kinematografiya agentligi rahbarligidan ketdi
Jamiyat
−
05 iyun
5804Firdavs Fridunovich Abduxoliqov Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori lavozimidan ozod etilib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov ma’lum qildi.
Shu munosabat bilan Shoazim Shoislamovich Minovarov ushbu lavozimdan ozod kilingan.
Ma’lumot uchun, Firdavs Abduxoliqov 2021 yilning may oyidan beri Kinematografiya agentligini boshqarib kelayotgandi. O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi bo‘lgan. Mehnat faoliyatini Samarqand shahridagi 33-sonli hunar-texnika bilim yurtida o‘qituvchilikdan boshlagan. Keyinchalik, viloyat Yoshlar markazi direktori, STV teleradiokompaniyasi bosh direktori, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati bosh konsultanti va boshqa mas’ul lavozimlarda ishlagan.
LiveBarchasi