Finlyandiyada o‘rgimchaklarning xavfli turi tarqalmoqda

Bu qiziq

image

Finlyandiyada iqlim isishi sababli hasharotlarning xavfli turi – sariq xaltali sanchuvchi o‘rgimchak tarqalmoqda. Bu haqda “Suomen Luonto” ilmiy jurnali xabar berdi.

“Finlyandiyada zaharli o‘rgimchak tarqalmoqda – yot turga iqlim isishi manfaat keltirmoqda”, deyiladi xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, ayni paytda u mamlakatda uchraydigan o‘rgimchaklar orasidagi eng zaharlisi. U ilk bor 2022 yilda Seyli orolida payqab qolingan, keyinroq arxipelagning boshqa joylarida va qirg‘oqda ham aniqlangan. 2026 yilning yoz oxirida ushbu tur Porkkala yarim orolida ham topilgan. 

Jurnalning qayd etishicha, ushbu o‘rgimchak turining eng ko‘p populyatsiyasi Markaziy Yevropada joylashgan. Sariq xaltali sanchuvchi o‘rgimchakning zahri inson organizmida kuchli yallig‘lanishni keltirib chiqaradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Finlyandiyada sanchuvchi o‘rgimchaklarning (sariq xaltali o‘rgimchaklarning) to‘rtta turi uchraydi: oddiy sanchuvchi o‘rgimchak, yashil sanchuvchi o‘rgimchak, tasmali sanchuvchi o‘rgimchak va egri sanchuvchi o‘rgimchak. Ushbu turlarni bir-biridan farqlash unchalik oson ish emas. 

Shuningdek, bu o‘rgimchaklar kechasi faol bo‘ladi va kech tushganidan so‘ng turli hasharotlarni ovlash uchun faol harakatlanadi. Kunduz kunlari esa ular past bo‘yli o‘simliklar orasida to‘qigan zich to‘rsimon xaltachalarida yashirinib oladi. Shu sababli, ushbu o‘rgimchakning, masalan, hasharotlar ishqibozi (entomolog) to‘riga tushib qolish ehtimoli boshqa o‘rgimchaklarga qaraganda ancha past. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Angoladagi Lisima platosiga joriy yilning fevral oyida uyushtirilgan ekspeditsiya davomida yovvoyi tabiatni muhofaza qilish tashkiloti olimlari ninachining 8 ta, chigirtkaning 3 ta yangi turini hamda ultrabinafsha nurlari ostida tovlanuvchi o‘rgimchakni kashf etgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing