Finlyandiya Shvetsiyasiz NATOga kirmaydi – Niinistyo

Olam

image

Finlyandiya Shvetsiyasiz NATOga kirmaydi. Bu haqda Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo Finlyandiyada bo‘lib turgan NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi. 13 iyun kuni Stoltenberg Shvetsiyaga tashrif buyuradi.

“Men aytyapman, shved ishi – bizniki. Bu biz qo‘l qo‘lga berib, olg‘a borishimizni anglatadi”, deydi Niinistyo.

Stoltenberg matbuot anjumanida ittifoqchilar Xelsinki va Stokgolmdan kelgan arizalarni ko‘rib chiqishda barcha tomonlar, jumladan Anqaraning xavotirlarini inobatga olishlarini ta’kidlagan.

“Shuning uchun men siz, Sauli va sizning hamkasblaringiz, Shvetsiya va ittifoqdoshimiz Turkiya bilan bu masalada yaqin aloqadaman. Mening xodimlarim, shuningdek, Turkiyaning qonuniy muammolarini hal qilish va ittifoqimizga kirishingiz uchun oldinga siljish uchun har uch davlat rasmiylari bilan yaqindan muloqot qilmoqda”, deydi u Finlyandiya rahbariga.

Eslatib o‘tamiz, kecha 25 may kuni Anqarada Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng, Turkiya Prezidenti matbuot kotibi Ibraxim Kalin Turkiya Anqara xavfsizlikka oid choralar ko‘rilmasa, Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lish tashabbusi oldinga siljimasligini ochiq aytdi.

Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga intilishi

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urush boshlashi ortidan uzoq yillar davomida betaraflik maqomida bo‘lib kelgan Finlyandiya va Shvetsiya NATOga qo‘shilish harakatiga tushdi. 

Joriy yilning 12 may kuni Finlyandiya Prezidenti va Bosh vaziri mamlakat NATOga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashi ma’lum bo‘ldi. NATO ham bu davlatni ortiqcha jarayonlarsiz tashkilotga olishga tayyorligi bildirildi.

Buning ortidan rasmiy Moskva Finlyandiya NATOga qo‘shilsa, Rossiya javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘lishini e’lon qildi. Xususan, Rossiya o‘z milliy xavfsizligiga bu borada yuzaga keladigan tahdidlarni to‘xtatish uchun ham harbiy-texnik, ham boshqa xarakterdagi javob choralarini ko‘rishi aytildi.

11 may kuni esa Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson ikkala davlatga tashrif buyurib, Shvetsiya va Finlyandiya rahbarlari bilan o‘zaro xavfsizlik kafolatlarini imzoladi.

13 may kuni esa NATO a’zosi bo‘lgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga ijobiy qaramasligini bildirdi. Bunga ikki davlat Turkiya terrorchi deb tan PKK'ni ko‘llab-quvvatlashi sabab qilib ko‘rsatildi.

18 may kuni Finlyandiya va Shvetsiya rasman NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi. Erdo‘g‘an esa Turkiya ushbu ikki davlatning NATOga kirishiga yo‘l qo‘yib, Gretsiya bilan yo‘l qo‘ygan xatosini takrorlamasligini aytdi.

29 mayga kelib Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Shvetsiya va Finlyandiya delegatsiyalari bilan ushbu mamlakatlarning NATOga a’zo bo‘lish masalasi bo‘yicha muzokaralar natijalaridan norozi ekanini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Shvetsiya Finlyandiya

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing