Finlyandiya rus tilida o‘qitiladigan maktablarni yopmoqchi
Olam
−
05 Sentabr
2312Finlyandiya rasmiylari mamlakat sharqidagi fin-rus maktablarini milliy xavfsizlikka tahdid borligi sababli yopmoqchi. Bu haqda “Iltalehti” nashri xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, uchta shaharda – Lappeenranta, Imatra va Yoensuuda faoliyat yurituvchi Finlyandiya-Rossiya maktablarida 611 nafar bola ta’lim oladi. Ularning 50 foizi rus tilida so‘zlashadi va 37 foizi uchun bu ularning ona tili. Qolgan o‘quvchilarning ona tillari ukrain, karelian, urdu, latish va ingliz tillaridir. Mamlakat rasmiylarining fikricha, bunday muhit rossiyaparast tashviqotni yoyishga urinishlarga moyil bo‘ladi.
Qayd etilishicha, maktablarning o‘zlari shaharlar ma’muriyatiga ularning faoliyati davom etishi milliy xavfsizlikka tahdid solishi mumkinligini ma’lum qilgan. Ushbu tahdidlardan biri Rossiya davlat ommaviy axborot vositalarining ushbu ta’lim muassasasiga e’tiborini kuchaytirishi va Rossiya tashviqotida maktab haqidagi hikoyalardan foydalanishdir.
“Biz Finlyandiyada bir millat, ya’ni ruslar o‘z maktabiga ega bo‘lgan vaziyatga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Bunday muhit rossiyaparast tashviqotni yoyishga urinishlarga moyil bo‘ladi”, deya ta’kidlaydi manbalardan biri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Finlyandiya hukumati Rossiya bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktining yopilishini “keyingi ogohlantirishgacha” uzaytirgan edi.
LiveBarchasi