Finlyandiya Rossiya yaqinida keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar boshladi

Olam

image

Finlyandiyada Rossiya chegarasi yaqinida 2,8 ming harbiy ishtirokida quruqlik mashqlari boshlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Bildirilishicha, mashg‘ulotlar Kayaani va Kuxmo shaharlarida Vuosanka va Sotinpuro poligonlarida 30 noyabrdan 4 dekabrgacha bo‘lib o‘tadi.

Qayd etilishicha, manyovrlarda 2,8 ming harbiy qatnashadi. Shuningdek, 600 ta transport va jangovar harbiy texnika, nh90 transport vertolyoti va MD 500 yengil vertolyotidan foydalaniladi.

Harbiylar hujumga va mudofaaga tayyorgarlik ko‘rish, yaqinlashib kelayotgan dushmanni yo‘q qilish, shuningdek, tunda jang qilish va qish sharoitida jangovar harakatlar olib borishni mashq qiladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq finlyandiyalik ayollar Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorgarlik ko‘ra boshlagandi. Finlyandiyalik ayollarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, olov yoqish, ochiq havoda ovqat pishirish, chodirlar o‘rnatish, shuningdek, kiberxavfsizlik, psixologik barqarorlik va omon qolish qobiliyatlarini shakllantirish bo‘yicha o‘qitilishi haqida xabar berilgandi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya harbiy mashg'ulot Finlyandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing