Finlyandiya Rossiya bilan chegarani noma’lum muddatga yopiq saqlashga qaror qildi
Olam
−
05 aprel
2636Finlyandiya hukumati Rossiya bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktining yopilishini “keyingi ogohlantirishgacha” uzaytirdi. Bu haqda “YLE News” xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu taklifni mamlakat Ichki ishlar vazirligi bildirgan. Vazirlik bu zaruriyatni Rossiya Finlyandiyaga qarshi “yo‘lboshchili migratsiya”dan foydalanishda davom etayotgani bilan izohlagan.
Ilgari chegara yopilishi har safar ikki oyga uzaytirilardi. Bunday oxirgi muddat 14 aprelda tugashi kerak edi.
Finlyandiya 2023 yil noyabrida Rossiya Federatsiyasidan Yevropa davlatiga kirishga urinayotgan migrantlar soni keskin oshgani sababli Rossiya bilan chegarasini yopgan edi.
Qayd etish kerakki, Finlyandiya Rossiya rasmiylari migrantlarni chegaraga tartibli ravishda yuborish orqali ataylab inqiroz yaratgan, deb hisoblaydi.
Rossiya Federatsiyasi esa ayblovlarni rad etadi, biroq nega yuzlab muhojirlar to‘satdan Rossiya chegarasi hududida paydo bo‘lganiga muqobil tushuntirish berilmaydi.
Rossiya va Finlyandiya o‘rtasida jami to‘qqizta quruqlikdagi chegara o‘tish punktlari mavjud bo‘lib, ular butunlay yopiq. Hatto Finlyandiya fuqarolari ham ular orqali o‘z mamlakatiga kirish huquqiga ega emas.
LiveBarchasi