Finlyandiya havo va dengiz hududini yopdi

Olam

image

Finlyandiya Rossiyaning shimoli-g‘arbiy hududlariga uchuvchisiz uchish apparatlari hujum qilgani sabab Fin qo‘ltig‘ining sharqiy qismida havo va dengiz harakatiga vaqtinchalik cheklov joriy etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Qayd etilishicha, cheklovlar bugun, 4 iyul tongida ehtiyot chorasi sifatida kuchga kirgan. Natijada mazkur hududda samolyotlar parvozi hamda kemalar harakati vaqtincha cheklangan.

Finlyandiya Bosh shtabi vakili Yere Paldaniusning ma’lum qilishicha, qaror Rossiyaga uyushtirilgan dron hujumlari sabab xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

“Biz zarurat tug‘ilganda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va davlat organlari faoliyati uchun zarur sharoit yaratish maqsadida havo kuzatuvini kuchaytirdik”, degan u.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 4 iyul kuni Ukraina Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga keng ko‘lamli dronlar hujumini uyushtirgandi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 72 ta uchuvchisiz uchish apparati urib tushirilgan. Shaharning Kirov tumanidagi neft terminali hujumga uchragan. Urib tushirilgan dronlardan biri Petergof hududiga qulagan, hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing