Finalissima ikki mamlakatda o‘tkazilishi mumkin

Sport

image

Argentina terma jamoasi Finalissima o‘yini ikki bosqichda bo‘lish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda CadenaSER nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, birinchi o‘yin “Real Madrid”ning “Santyago Bernabeu” stadionida, javob uchrashuvi esa Buenos-Ayresdagi “Monumental” stadionida bo‘lib o‘tishi mumkin.  

Joriy yilning 27 mart kuniga rejalashtirilgan Finalissima o‘yinining joyi bo‘yicha hozircha aniq qaror qabul qilinmagan. Lissabon va Londondagi stadionlar ham musobaqani qabul qilish imkoniyatiga ega variant sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

Dastlab o‘yin joriy yilning 27 mart kuni Qatardagi “Lusail” stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq, mintaqadagi xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar tufayli bu uchrashuv boshqa joyda o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu uchrashuv uchun Madridning “Santyago Bernabeu” stadioni taklif qilindi. Biroq, keyinchalik Argentina futbol assotsiatsiyasi bu qarorga qarshi ekanligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Argentina Finalissima “Sant'yago Bernabeu” “Monumental'”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing