Finalda qizil olgan o‘zbekistonlik futbolchilar JCHning ilk o‘yinini o‘tkazib yuboradimi?

Sport

image

Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi finalida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining ikki a’zosi Nurbek Sarsenbayev va Miraziz Abdukarimov noyabr oyida Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatining dastlabki o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda OFKda faoliyat olib boruvchi o‘zbekistonlik mutaxassis Alisher Nikibmayev ma’lum qildi.

Nikimbayevning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston U-17  terma jamoasi a’zolari finalda olgan qizil kartochkalari Jahon chempionatida ta’sir qilishi mumkin. FIFA intizomiy kodeksiga ko‘ra, chetlatilish ortidan olingan diskvalifikatsiya keyingi musobaqaga o‘tkaziladi. Bu holatda futbolchilar Jahon chempionatiga qadar o‘z yosh toifasidagi boshqa musobaqada ishtirok etmasa, diskvalifikatsiya mundialdagi ishtirokiga ta’sir qiladi. O‘tkazib yuboradigan o‘yinlar soni OFK tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan belgilanishi kerak.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi chempionlik bilan birga Jahon chempionatiga ham yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Ushbu turnir joriy yilning 3 noyabridan 27 noyabriga qadar Qatar maydonlarida o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Nurbek Sarsenbaev Miraziz Abdukarimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing