Fin ayollari Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Olam

image

Finlyandiyalik ayollar Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Bu haqda “Thye Guardian” xabar berdi.

Finlyandiyalik ayollarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, olov yoqish, ochiq havoda ovqat pishirish, chodirlar o‘rnatish o‘rgatilmoqda. Shuningdek, ular kiberxavfsizlik, psixologik barqarorlik va omon qolish qobiliyatlarini shakllantirish bo‘yicha o‘qitiladi.

“Rossiyaning hujum qilishi haqidagi gaplarni haqiqiy tahdid deb o‘ylamagan edim. Ular Ukrainaga hujum qildi. Keyingi nishon biz bo‘lishimiz mumkin”, deydi ayollardan biri.

O‘zini “realist” deb ta’riflagan ikki farzandning onasi vatanparvarlik qadriyatlari tufayli hafta oxirida davom etadigan “elektrsiz omon qolish” kursiga qo‘shilishga majbur bo‘lgan, lekin u kundalik amaliy ko‘nikmalarga ko‘proq tayyor bo‘lishni xohlaydigan 75 ga yaqin ayollardan biri hisoblanadi.

Finlyandiya bo‘ylab Ayollar milliy favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik uyushmasi tomonidan o‘tkaziladigan 40 ta kurs mavjud bo‘lib, uning tarkibida kiberxavfsizlik, ruhiy bardoshlilik, tabiatda omon qolish ko‘nikmalari, qorda transport haydash va axborot ta’siri kabi yo‘nalishlar o‘rgatiladi. Shuningdek, kurslarda ishtirok etayotgan ayollarning eng kichigi 17 yosh, eng kattasi esa 70 yoshda.

Ma’lumot uchun, Rossiya va Finlyandiya o‘rtasida rasmiy harbiy hamkorlik bo‘lmasa-da, mamlakat razvedka xizmatlari Rossiyani milliy xavfsizlikka eng katta tahdid sifatida baholaydi va hozirda gibrid urush ketayotganiga shubha qilmaydi.

Finlyandiya Tashqi ishlar vaziri Elina Valtonen nemis mavqedoshi bilan qo‘shma bayonot berib, Finlandiya va Germaniya o‘rtasidagi suvosti kabelining shubhali tarzda buzilishi haqida chuqur tashvishda ekanini bildirgan. Bu Boltiq dengizidagi ikki shubhali hodisadan biri edi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Germaniya va Ispaniya ehtimoliy urushga tayyorlanayotgani xabar qilingandi.

“Bunday voqea qasddan zarar yetkazilgan degan shubha uyg‘otishi zamonamizning beqarorligidan dalolat beradi”, deyiladi bayonotda.

Finlyandiya Ukrainaga bosqin boshlanganidan so‘ng o‘zi kabi NATOga a’zo bo‘lgan Shvetsiya bilan hamkorlikda tergov ishlarini boshlagan.

Mohinur Karimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Finlyandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing