Fil sababli Tailand va Shri-Lankaning munosabatlari sovuqlashdi
Olam
−
07 iyul 2023
6866Fil Tailand va Shri-Lanka o‘rtasidagi munosabatlarning sovuqlashishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda “Mir 24” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan asrning 90-yillari oxirida Tailand qiroli Shri-Lankaga uchta fil sovg‘a qilgan. Ammo ushbu fillardan biriga yomon munosabatda bo‘lingan.
Gap shundaki, Mutu Raju ismli fil bolasi mamlakat janubidagi ibodatxonaga joylashtirilgan. U yerda u ma’bad qoldiqlari va cherkov idishlarini tashish uchun yuklangan hayvon sifatida ishlatilgan.
Hayvonlar huquqlari faollari ibodatxonaga kelib, jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilinmayotganini aniqlagan.
Tailand hukumati bundan xabar topib, qirollikning Shri-Lankadagi elchisi darhol orolning janubiga yetib kelgan. Shri-Lanka hukumati qirollik sovg‘asi qadrlanmaganini tan olgan. Qirolga rasmiy uzr so‘rash xati yuborilgan. Tailand hukumati filni qaytarishni talab qilgan, shundan so‘ng shri-lankaliklar rozi bo‘lishga majbur bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, fil har ikki xalq uchun muqaddas hayvon hisoblanadi.
LiveBarchasi