FIFA JCH finalining tanaffusi qancha vaqt davom etishini ochiqladi

Sport

image

2026 yilgi Jahon chempionati finalidagi tanaffus 17 daqiqa davom etadi. Bu haqda (FIFA) ma’lumotiga tayanib, “The Sun” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tanaffusning 11 daqiqasi san’atkorlarning chiqishlariga ajratiladi. Qolgan vaqt esa sahnani o‘rnatish va demontaj qilish ishlariga sarflanadi. Shu bois, tanaffus odatdagidan atigi ikki daqiqaga uzoqroq davom etadi.

Avvalroq, FIFA tanaffusni 15 daqiqadan 30 daqiqagacha uzaytirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Final uchrashuvi joriy yilning 19 iyul kuni AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi Sharqiy Rezerford shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.

Tanaffus paytida kanadalik xonanda Jastin Biber, amerikalik xonanda Madonna, kolumbiyalik yulduz Shakira hamda Janubiy Koreyaning BTS pop guruhi muxlislar uchun maxsus konsert dasturini taqdim etadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing