FIFA Jahon chempionati uchun futbolchilarning 3D raqamli tasvirlarini yaratadi

Sport

image

FIFA 2026 yilgi Jahon chempionatida yarim avtomatlashtirilgan ofsayd aniqlash texnologiyasini takomillashtirish maqsadida har bir ishtirokchi futbolchining 3D raqamli tasvirlarini yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bu jarayon 1248 o‘yinchini raqamli skanerlashni o‘z ichiga oladi. Har bir o‘yinchi skanerlash protsedurasidan o‘tadi, jarayon atigi bir soniya davom etadi va turnir oldidan fotosessiya paytida faqat bir marta amalga oshiriladi. FIFA'ning ta’kidlashicha, bu skanerlash tana qismlarini o‘lchash bo‘yicha yuqori aniqlikdagi ma’lumotlarni beradi va natijada ofsayd bo‘yicha qarorlar aniqroq bo‘ladi.

Yangi texnologiya turnir tashkilotchilariga tez yoki murakkab harakatlar paytida futbolchilarni ishonchli tarzda kuzatib borish imkonini beradi va yakuniy qarorlarni yanada aniqroq qabul qilishga yordam beradi.

Ma’lumot uchun, ushbu texnologiya o‘tgan yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan Qit’alararo kubok uchrashuvlarida  sinovdan o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati FIFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing