FIFA yilning eng yaxshilarini taqdirladi

Sport

thebestfifawinners230919c

Kecha, 23 sentyabr kuni Italiyaning Milan shahrida FIFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshilarini (The Best) aniqlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdirlash tantanalari “La-Skala” opera teatrida o‘tkazildi.

Nominatsiyalar g‘oliblari bilan tanishing:

Yilning eng yaxshi erkak futbolchisi – Lionel Messi (“Barselona”, Argentina)

Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi – Megan Rapino (AQSH milliy jamoasi).

Yilning eng yaxshi erkaklar jamoasi murabbiyi – Yurgen Klopp (“Liverpul”).

Yilning eng yaxshi ayollar jamoasi murabbiyi – Jill Ellis (AQSH milliy jamoasi).

Yilning eng yaxshi erkak darvozaboni – Alison Bekker (“Liverpul”, Braziliya).

Yilning eng yaxshi ayol darvozaboni – Sari van Venendal (Niderlandiya milliy jamoasi)

Yilning eng chiroyli goli muallifi – Daniel Jori (“Debretsen”).

Mavsumning eng yaxshi muxlislari – Nikolas va Silviya Grekko (Braziliya).

Fair Play (Halol o‘yin) sovrini sohibi – Marselo Belsa (“Lids” bosh murabbiyi).

Yilning ramziy terma jamoasidan esa quyidagi futbolchilar o‘rin olishdi:

 gear shift

Darvozabon: Alison (“Liverpul”).

Himoyachilar: Matteys de Ligt (“Ayaks”/“Yuventus”), Serxio Ramos, Marselo (ikkalasi – “Real”), Virjil van Deyk (“Liverpul”).

Yarim himoyachilar: Luka Modrich (“Real”), Frenki de Yong (“Ayaks”/“Barselona”), Eden Azar (“Chelsi”/“Real”)

Hujumchilar: Kilian Mbappe (“PSJ”), Lionel Messi (“Barselona”), Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”).


Maqola muallifi

Teglar

FIFA The Best

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing