FIFA Tojikiston-Rossiya o‘yini o‘tkazilishiga qarshilik ko‘rsatmadi

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) va Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) Rossiya bilan Tojikiston terma jamoasi o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishini ma’qulladi. O‘yinni tashkil qilish uchun ruxsat allaqachon berilgan, bahs natijasi FIFA reytingiga ham ta’sir o‘tkazadi.

“Biz UEFA va FIFA'dan ruxsat oldik. Uchrashuvdagi qo‘lga kiritilgan reyting ochkolar FIFA reytingiga ta’sir qiladi. Bu o‘yinda jamoalar oltita o‘zgarishni amalga oshirishi mumkin”, deya Tojikiston futbol federatsiyasi vakilining so‘zini keltiradi TASS.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyidagi yig‘in doirasida Rossiya terma jamoasi ikkita - Tojikiston (17 noyabr) va O‘zbekiston (20 noyabr) bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Avvalroq FIFA va UEFA Rossiya klublari va terma jamoalarini xalqaro musobaqalardan chetlatgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya FIFA

Baholaganlar

46

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing