FIFA Ronalduning 982-golini tan olmadi

Sport

−

image

Kriştianu Ronalduning “Al-Nasr” safida “Al-Faysali”ga qarşi uçraşuvda urgan goli atrofida bahs yuzaga keldi. FIFA’ning öyinlar markazi uşbu töpni raqib himoyaçisi Andre Jirottoning avtogoli sifatida qayd etdi.

Voqea joriy yilning 23 oktyabr kuni “Al-Faysali”ga qarşi uçraşuvning 49-daqiqada sodir bölgan. Joau Feliks jarima maydoniga uzatmasidan söng Ronaldu töpni boşi bilan darvoza tomon yönaltirdi. Töp “Al-Faysali” himoyaçisiga tegib, darvoza töridan joy oldi. Portugaliyalik futbolçi golni öz hisobiga yozib, an’anaviy “Siu” uslubida golni nişonladi.

Saudiya Pro-ligasi ham uşbu golni hamon Ronaldu nomiga yozmoqda. Şuningdek, xabarlarga köra, hakamning rasmiy hisobotida ham “Al-Nasr”ning ikkinçi goli portugaliyalik hujumçiga tegişli deb körsatilgan.

Şu tariqa, statistik ma’lumotlarda tafovut yuzaga keldi: Saudiya Pro-ligasi hisobida Ronalduning faoliyati davomidagi gollari soni 982 tani taşkil etsa, FIFA va “Opta” ma’lumotlarida uşbu töp avtogol sifatida qayd etilgani sababli uning hisobida 981 ta gol qolmoqda.

Saudiya OAVlarining xabar berişiça, mamlakat futbol federatsiyasining hakamlar qömitasi joriy yilning 25 oktyabr kuni bahsli vaziyatni körib çiqqan. Qömita hakam va VAR örtasidagi muloqotni ham örgangani aytilmoqda. Biroq hozirça gol muallifi böyiça yakuniy qaror ommaga e’lon qilinmagan.

Agar gol Ronaldu nomiga rasman yozilsa, u faoliyatidagi 1000 ta gollik marraga yetiş uçun yana 18 ta töp kiritişi kerak böladi. Agar avtogol sifatida qolsa, bu körsatkiçga yetiş uçun unga 19 ta gol zarur böladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kriştianu Ronalduning faoliyatidagi 981-golini Farğonaning “Neftçi” jamoasi darvozasiga kiritgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing