FIFA reytingining eng oxirgi o‘rnidagi jamoa 20 yil deganda g‘alabaga erishdi

Sport

image

San-Marino terma jamoasi futbolchilari UEFA Millatlar ligasi guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan o‘yinda o‘z uyida Lixtenshteyn terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Yagona gol 53-daqiqada hujumchi Niko Sensoli tomonidan kiritildi. 

San-Marino jamoasi o‘z tarixidagi ikkinchi va 2004 yilning 28 aprelidan beri birinchi o‘yinda g‘alaba qozondi. O‘shanda jamoa o‘z maydonida lixtenshteynlik raqiblarini o‘rtoqlik uchrashuvida mag‘lub etgan (1:0). Shundan so‘ng San-Marino jamoasi 142 uchrashuv o‘tkazib, 136 ta mag‘lubiyat va 6 ta durang qayd etgan. San-Marino terma jamoasi Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) reytingida oxirgi, 210-o‘rinni egallab turibdi.

Lixtenshteyn terma jamoasi esa 40 uchrashuvdan beri g‘alaba qozona olmayapti. Futbolchilar so‘nggi g‘alabasini 2020 yil 7 oktyabr kuni Lyuksemburg termasiga qarshi safarda o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida (2:1) qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Millatlar ligasi Lixtenshteyn San-Marino

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing