Nomimiz ulug‘, supramiz quruq - Prezident
Jamiyat
−
20 yanvar 2020
8782Bugun, 20 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ham qatnashdi. Unda Prezident qonunchilik mexanizmi va kadrlar salohiyati haqida gapirib o‘tdi.
“Bizning nomimiz ulug‘, supramiz quruq. Ichki qonunlarimiz 80-yillar darajasida, lekin qonunni o‘zgartirish mumkin. Quyi va o‘rta pog‘onadagi kadrlarimizning bilimi 75-yillar talabiga javob beradi. Ular bilan biz islohot qila olmaymiz. Shuni bilinglar. Qanday bo‘lmasin, biz baribir yoshlarga murojaat qilaveramiz”, deydi Mirziyoyev.
U shuningdek, yoshlarni tarbiya qilish oson emasligi, ayrim yoshlar texnika tillarini bilsada, sabr toqat bilan xalq bilan muloqot qilishni, odamlarning dardini tushunib yetmayotganlini aytdi.
LiveBarchasi