FIFA prezidentining qancha maosh olishi ochiqlandi

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino 2023 yil bonuslar bilan birga jami 4,13 million Shveysariya franki (taxminan 4,67 million AQSH dollari) maosh olgan. Bu haqda tashkilot moliyaviy hisobotida ma’lum qilindi.

Infantinoning maoshi o‘tgan yili 33 foizga, ya’ni  126 ming AQSH dollariga oshgan. Hozirda mutaxassis bir yil davomida 2,78 million AQSH dolar maosh oladi.

Gap shundaki, 2022 yilda Infantino Qatar mezbonlik qilgan Jahon chempioni uchun salkam 2 million AQSH dollar bonus olgan.

Qayd etish joiz, Infantinodan oldingi tashkilot rahbari Zepp Blatter 2014 yilgi Braziliya mundiali uchun shartnoma bo‘yicha 12 million AQSH dollar bonusga ega chiqqan. Blatterning yillik maoshi esa 3 million AQSH dollarni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, FIFA tashkilotga a’zo 200 tadan ortiq federatsiya va assotsiatsiyalarga har to‘rt yilda 8 million dollargacha pul mablag‘lari ajratadi. O‘tgan yili tashkilotga futbolni rivojlantirish uchun 470 million AQSH dollar sarflangan.


Maqola muallifi

Teglar

Janni Infantino Zepp Blatter

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing