FIFA Prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga keldi
Sport
−
08 Sentabr 9670 1 daqiqa
Bugun, 8 sentyabr kuni FIFA Prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga yetib keldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Infantino Assotsiatsiyaning taklifi bilan O‘zbekistonda futbolni yanada rivojlantirishga doir loyihalarni muhokama qilish, Milliy futbol markazi bilan yaqindan tanishish hamda CAFA Nations Cup 2025 musobaqasining final uchrashuvini stadiondan kuzatish maqsadida mamlakatga tashrif buyurgan.
FIFA delegatsiyasini Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Sport vaziri Adham Ikromov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va boshqa rasmiylar kutib olgan.
Ma’lumot uchun, final o‘yini bugun, 8 sentyabr kuni Toshkentdagi “Olimpiya” stadionida O‘zbekiston va Eron milliy terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. O‘yin 19:30 da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, 5 sentyabr kuni O‘zbekiston Qirg‘izistonni 4:0 hisobida mag‘lub etib, final yo‘llanmasiga ega chiqqan edi.
Live
Barchasi