FIFA prezidenti O‘zbekistonga keladi

Sport

image

Xalqaro futbol assotsiatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino 5 may kuni O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmat xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Infantino 2 kun O‘zbekistonda bo‘ladi. Infantino tashrifi chog‘ida  O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar bilan yaqindan tanishadi. 

Shuningdek, FIFA rahbari terma jamoalar bazasi (“Do‘stlik”)ga borishi va boshqa ko‘pgina loyihalar bilan yaqindan tanishishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Janni Infantino joriy yilning mart oyida FIFA prezidentligiga qayta saylangandi. U 2027 yilgacha tashkilot rahbari sifatida faoliyat yuritadi.


Maqola muallifi

Teglar

Janni Infantino Xalqaro futbol assotsiatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing