FIFA prezidenti o‘z lavozimini saqlab qoldi
Sport
−
06 iyun 2019 11974 1 daqiqa
Xabaringiz bor, avvalroq, Fransiya poytaxtida Xalqaro futbol federatsiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgani haqida ma’lum qilgan edik.
Parijda bo‘lib o‘tayotgan FIFAning 69-kongressida tashkilot prezidentiligi uchun saylovlar ham o‘tkazildi. Saylovlarda FIFAning amaldagi prezidenti Janni Infantino o‘z lavozimiga qayta saylandi. Endilikda u 2023 yilga qadar FIFAga rahbarlik qiladi.
49 yoshli shveysariyalik mutasaddi FIFA prezidentligiga yagona nomzod edi. Infantino FIFAni 2016 yildan beri boshqarib kelmoqda. U korrupsiyada ayblanib lavozimidan chetlatilgan Yozef Blatter o‘rniga FIFA prezidentligiga saylangandi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr