FIFA’ning “The Best” sovrini kimga nasib etadi?

Sport

image

Bugun, 17 yanvar kuni Shveysariyaning Syurix shahrida FIFA tomonidan oltinchi marta yilning eng yaxshilarini aniqlab beruvchi “The Best” marosimi bo‘lib o‘tadi.

“Eng yaxshi futbolchi” sovrini uchun nomzodlar

Robert Levandovski (“Bavariya”)
Lionel Messi (PSJ)
Muxammad Saloh (“Liverpul”)

“Eng yaxshi ayol futbolchi” sovrini uchun nomzodlar

Jennifer Ermoso (“Barselona”)
Sem Kerr (“Chelsi”)
Aleksiya Putelas (“Barselona”)

“Eng yaxshi murabbiy” sovrini uchun nomzodlar

Pep Gvardiola (“Man Siti”)
Roberto Manchini (Italiya TJ)
Tomas Tuxel (“Chelsi”)

“Eng yaxshi ayollar murabbiyi” sovrini uchun nomzodlar

Luis Kortes (“Barselona”/ Ukraina TJ)
Emma Xeys (“Chelsi”)
Sarina Vigman (Niderlandiya TJ/ Angliya TJ)

“Eng yaxshi darvozabon” sovrini uchun nomzodlar

Djanluidji Donnarumma (PSJ)
Eduard Mendi (“Chelsi”)
Manuel Noyer (“Bavariya”)

“Eng yaxshi ayol darvozabon” sovrini uchun nomzodlar

Ann-Katrin Berger (“Chelsi”)
Kristian Endler (PSJ/ “Lion”)
Stefani Linn Mari Labbe (PSJ)

“FIFA Fair Play” sovrini uchun nomzodlar

Daniya futbol jamoasi / Daniya tibbiy jamoasi va xodimlari
Klaudio Raneri
Skott Braun

“Pushkash” (yilning eng chiroyli goli) uchun nomzodlar

Erik Lamela (“Tottenxem”) – APL
Patrik Shik (Chexiya TJ) – Yevro-2020
Mexdi Taremi (“Portu”) – UEFA Chechmpionlar ligasi

“FIFA muxlislar” sovrini uchun nomzodlar

Daniya muxlislari
Germaniya muxlislari
Imojen Papvort-Xaydel (angliyalik 12 yoshli qizaloq)

Eslatib o‘tamiz, mukofot Xalqaro futbol assotsiatsiyasi – FIFA tomonidan har yili topshiriladi. Ushu marosim ilk marta 2017 yilning 9 yanvar kuni Shveysariyaning Syurix shahrida bo‘lib o‘tgan va Krishtianu Ronaldu hamda Karli Lloyd (eng yaxshi ayol futbolchi) “The Best” mukofotbni qo‘lga kiritgan. 

Ma’lumot uchun, Ronaldu eng ko‘p – 2 marta (2016 va 2017) mukofotga sazovor bo‘lgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Messi Ronaldu The Best FIFA Salah

Baholaganlar

19

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing