FIFA “Nasaf”ga transfer taqiqini joriy qildi

Sport

image

Bugun, 9 dekabr kuni Xalqaro futbol uyushmasi (FIFA) Qarshining “Nasaf” jamoasiga transfer taqiqini joriy qildi. 

Gap shundaki, joriy yilning 7 oktyabr kuni FIFA Nizolarni hal etish palatasi “Nasaf” futbol klubi va fransiyalik futbolchi Abdelaye Diakite o‘rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargan edi. Unda ko‘rsatilishicha, «Nasaf» futbolchi bilan tuzilgan shartnoma shartlarini bajarmagan.

Shu sababli futbolchi FIFA’ga murojaat qilgan va yakunda tashkilot “ajdarlar” zimmasiga belgilangan qarzdorlik va jarima to‘lovlarini 45 kun mobaynida to‘lashi lozim ekani, agar mazkur majburiyatlar klub tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi ta’minlanmasa, klubga nisbatan milliy va xalqaro miqiyosda yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha taqiq qo‘yilishi haqida ogohlantirish bergan.

FIFA 45 kunlik muddat yakuniga yetganini inobatga olib, “Nasaf”ga transfer taqiqi qo‘ydi. Endi klub qishki transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olish uchun, mazkur nizoli vaziyatni hal etishi lozim bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Superliga Nasaf O'zPFL FIFA Transfer taqiqi

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing