FIFA Levandovskini yilning eng yaxshi futbolchisi deb topdi

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) polshalik hujumchi Robert Levandovskini 2020 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topdi. Marosim kecha, 17 dekabr kuni payshanba kuni onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi.

Ushbu sovringa 32 yoshli “Bavariya” hujumchisidan tashqari portugaliyalik Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”) va argentinalik Lionel Messi (“Barselona”) ham da’vogarlik qilgan.

Ma’lumot uchun, 2019/2020 yilgi mavsumda Levandovski “Bavariya” bilan chempionlik, Germaniya kubogi, superkubok va Chempionlar ligasini yutdi. Hujumchi faoliyatidagi eng yaxshi golli mavsumida 55 ta gol urdi va 10 ta golli pas berdi.

Levandovski “Bavariya” sharafini 2014 yildan beri himoya qilib keladi. Shuningdek, u Germaniyaning “Borussiya D”, Polshaning “Znich” va “Lex” jamoalarida o‘ynagan. 2020 yilda u UEFA tomonidan ham eng yaxshi o‘yinchi deb topildi.

FIFA yilning eng yaxshi o‘yinchisi mukofotini 2016 yilda ta’sis etgan. Ronaldu, Messi va Levandovskidan tashqari xorvatiyalik Luka Modrich ham (2018) ushbu sovrinning egasiga aylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Levandovski

Baholaganlar

77

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing