“Barselona” Levandovskiga Portugaliyadan o‘rinbosar topdi
Sport
−
14 noyabr
1509Kataloniyaning “Barselona” klubi “Portu” va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Samuel Omorodionni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda “El Nacional” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 20 yoshli ispaniyalik hujumchi 36 yoshli kataloniyalik hujumchi Robert Levandovskining o‘rniga uzoq muddatga nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Polshalik futbolchining “ko‘k-anorranglilar” bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.
Qayd etish joiz, o‘tgan yozda ispaniyalik futbolchi “Atletiko Madrid”ni tark etib, “Portu”ga o‘tib, 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Forvardning “ajdarlar” bilan shartnomasida 100 million yevro miqdorida tovon puli ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda ispaniyalik futbolchi klub safida barcha turnirlarda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi. Bundan tashqari, Omorodion Ispaniya yoshlar terma jamoasi uchun Yevro-2025 saralashida 4 ta o‘yinning barchasida gol urdi.
LiveBarchasi