“Barselona” Levandovskining o‘rniga kutilmagan nomzod topdi

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona” klubi “Nyukasl” hujumchisi Aleksandr Isakni sotib olmoqchi. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” hujumchi transfer qilmoqchi va variantlar orasida Rafael Leau, Luis Dias, Viktor Gokeresh va Aleksandr Isak ham bor. Kataloniyaliklar rahbariyatiga shvetsiyalik futbolchi ma’qul kelmoqda. Sababi uning transfer narxi klub uchun ancha qulay. Shuningdek, jamoa ham chap qanotda, ham markaziy hujumda o‘ynab gol uroladigan hujumchi qidirmoqda va Isak bu talablarga to‘laqonli mos tushadi.

Ma’lumot o‘rnida, 25 yoshli Isak “Nyukasl” tarkibida joriy mavsum barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Uning narxi “Transfermarkt” portalida 75 millionga baholangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq,  “Barselona” “Tottenxem” yetakchisi Son Xyon Minni qo‘lga kiritmoqchiligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Levandovski

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing