FIFA KJCH formatini o‘zgartirmoqchi

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati formatiga o‘zgartirishlar kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

 Nashrga ko‘ra, FIFA turnirni 2029 yildan boshlab har ikki yilda bir marta o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda va ishtirokchilar sonini 32 tadan 48 taga oshirmoqchi. Rejaga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida bir davlatdan ikki klubdan ortiq jamoa qatnashishiga ruxsat berilishi mumkin. 

Shuningdek, xalqaro taqvimda yuklamaning haddan tashqari ortib ketishining oldini olish uchun terma jamoalarning o‘rtoqlik uchrashuvlari hamda iyul oyidagi milliy jamoalar turnirlari bekor qilinishi mumkin. Biroq Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) bunga qarshi bo‘ladi, chunki bu vaqtda Millatlar ligasi o‘tkaziladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, turnirni ikki yilda bir marta o‘tkazish masalasini FIFA’dan Madridning “Real” klubi so‘ragan. U bundan avval ham Ispaniya La Ligasidan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishi tufayli qo‘shimcha dam olish kunlarini ajratishni so‘ragan va dunyoning yetakchi klublaridan qo‘llab-quvvatlov olgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumdagi turnirda Londonning “Chelsi” klubi Parijning PSJ jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etib, tarixda ikkinchi marta kubokni qo‘lga kiritdi. Bungacha inglizlar 2021 yilda g‘alaba qozongan, 2012 yilda esa “ko‘klar” finalda “Korintians” klubiga 0:1 hisobida yutqazgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

FIFA KJCh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing