FIFA Xorvatiyaning bekor qilingan goli yuzasidan rasmiy izoh berdi

Sport

image

FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati 1/16 finali doirasidagi Portugaliya – Xorvatiya uchrashuvida bekor qilingan gol bo‘yicha rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Uchrashuv Portugaliyaning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bahsning hal qiluvchi pallasida xorvatlar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lgandi, ammo Yoshko Gvardiolning goli VAR tekshiruvidan so‘ng ofsayd sababli inobatga olinmadi.

FIFA’ning ma’lum qilishicha, qaror qabul qilishda Adidas Trionda o‘yin to‘pi ichiga o‘rnatilgan “Connected Ball” texnologiyasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. To‘p ichidagi IMU sensorlari Igor Matanovich to‘pni ofsayd holatida turgan Mario Pashalichga yetib borishidan avval unga tekkanini aniqlagan.

FIFA’ning ta’kidlashicha, mazkur sensorlar to‘pga bo‘lgan eng kichik teginishlarni ham aniqlay oladi va hakamlarga aniq hamda ishonchli qaror qabul qilish imkonini beradi.

Shu tariqa, Xorvatiyaning goli bekor qilindi va Portugaliya g‘alabani saqlab qoldi. Portugaliyaliklar keyingi bosqichda Ispaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bu bahs joriy yilning 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing