FIFA Qatar mundialidan qancha daromad qilgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image
0:00
0:00
download

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatidan 10,5 milliard dollar daromad qildi, bu ko‘rsatkich 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan turnirdan 1 milliard dollarga ko‘p.Bu haqda 16 dekbar kuni tashkilot kengashida Janni Infantino ma’lum qildi.

"FIFA daromadi 10,5 milliard dollarni tashkil etdi. To‘rt yil avvalgidan 1 milliard dollarga ko‘p", deydi Infantino.

Shuningdek, Infantino Qatar mundialini Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi musobaqa bo‘lganini aytib o‘tdi.

"Kengash Qatardagi Jahon chempionatini bir ovozdan yuqori baholaydi. Turnir o‘ziga xos birlikni ko‘rsatdi, musobaqada ishtirok etgan va ushbu Jahon chempionatining tarixdagi eng yaxshisi bo‘lishiga hissa qo‘shgan barchaga rahmat", deya ta’kidladi FIFA Prezidenti.

Qatarda futbol bo‘yicha Jahon chempionati 20 noyabr kuni start oldi. Bugun, 17 dekabr kuni Marokash va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasida 3-o‘rin uchun o‘yin bo‘lib o‘tadi. 18 dekabr kuni final bahsi o‘tkaziladi, Argentina va Fransiya terma jamoalari chempionlik uchun kurashadi. Ikkala o‘yin ham Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

FIFA JCH2022

Baholaganlar

1824

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing