FIFA Braziliya – Argentina o‘yinidagi voqealar yuzasidan rasmiy bayonot berdi
Sport
−
07 Sentabr 2021
9720FIFA Braziliya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yuzasidan rasmiy bayonot berdi. O‘yin Braziliya qonunlarini buzgan 4 nafar argentinalik futbolchi sababli to‘xtatilgan edi.
“FIFA 2022 yilgi Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan Braziliya va Argentina uchrashuvining to‘xtatilishiga olib kelgan voqealardan afsusda. Bu millionlab muxlislarga dunyoning eng kuchli terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan zavqlanishga to‘sqinlik qildi. O‘yin hisoboti FIFA’ga taqdim etildi. Bu ma’lumotlar vakolatli organlar tomonidan tahlil qilinib, o‘z vaqtida qaror qabul qilinadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv Braziliya sog‘liqni nazorat qilish milliy agentligi (Anvisa) vakillari va politsiya ishtirokida 4-daqiqa o‘tib borayotgan vaqtda to‘xtatildi.
Ma’lum bo‘lishicha, agentlik xodimlari Argentina futbolchilari Emiliano Martines, Emiliano Buyendya (“Aston Villa”), Jovani Lo Chelso va Kristian Romero (“Tottenxem”) mamlakat chegarasini noqonuniy tarzda kesib o‘tgan, deb gumon qilgan.
LiveBarchasi