FIFA amaldori Infantinoni tanqid qilgani sabab iste’foga chiqarildi

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) bosh operatsion direktori, fransiyalik Kevin Lamur iste’foga chiqdi. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.

“FIFA Kevinning ikki yillik xizmati uchun minnatdorchilik bildiradi va unga kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi. Bu masala bo‘yicha boshqa izoh berilmaydi”,  deyiladi FIFA’ning “The Athletic”ga bergan bayonotida.

Sky nashrining xabar berishicha, Lamurning iste’foga chiqishi uning FIFA prezidenti Janni Infantinoni tanqid qilgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Lamur iyul oyida “Associated Press” agentligiga bergan intervyusida FIFA xodimlari Infantinoning tashkilotning erkaklar va ayollar o‘rtasidagi eng yirik musobaqalarini nazorat qiladigan FIFA Forward Enterprise kompaniyasini tashkil etish rejasi borasida chalg‘itilganini ta’kidlagan.

Infantino FIFA Forward Enterprise tashkil etilishi FIFA a’zo assotsiatsiyalarining daromadlarini oshirish hamda butun dunyo bo‘ylab futbol rivojiga hissa qo‘shishiga ishongan. FIFA mazkur loyiha orqali 4,2 milliard dollar miqdorida mablag‘ jalb qilinishi mumkinligini bildirgan.

Biroq tashabbus futbol rasmiylari, milliy federatsiyalar va boshqa tashkilotlar tomonidan keskin tanqid qilindi. Jurnalist Romen Molina esa Infantino FIFA ichidagi qo‘llab-quvvatlovni yo‘qotayotgani va yaqin orada iste’foga chiqishi mumkinligi haqida xabar berdi.

Xususan, Infantinoning taklifi Yevropa futbol ittifoqi (UEFA), Shimoliy, Markaziy Amerika va Karib dengizi futbol konfederatsiyasi (KONKAKAF), Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) hamda Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (CONMEBOL) tomonidan rad etilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing