FIFA AQSHdagi norozilik namoyishlarini qo‘llab-quvvatladi

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) afro-amerikalik Jorj Floydning o‘limidan keyin norozilik namoyishlarini qo‘llab-quvvatladi.

"FIFA Floydning fojiali vafoti fonida ko‘plab futbolchilar kayfiyati va qo‘rquvlardan to‘liq xabardor", deyiladi tashkilot rasmiy saytida.

FIFA rahbari Janni Infantino ham namoyishchilarni qo‘llab-quvvatladi va Bundesligadagi o‘yinlarda futbolchilarning namoyishi bo‘lib o‘tishini ta’kidladi.

“Biz barchamiz irqchilikka yo‘q deyishimiz va har qanday kamsitish turiga qarshi turishimiz kerak. Biz hammamiz zo‘ravonlikka yo‘q deb aytishimiz lozim. Har qanday shaklda”, dedi amaldor.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 may kuni Minneapolis politsiyasi afro-amerikalik Jorj Floydni hibsga oldi. Qo‘lga olish paytida politsiyachi erkakning bo‘ynini tizzasi bilan bosib turadi. Floyd “men bo‘g‘ilyapman”, deb bir necha marta aytgan. Ammo huquq-tartibot idoralari xodimlari bunga e’tibor bermagan. Oqibatda, erkak reanimatsiyada vafot etgan. Bu AQSHda ommaviy norozilik va tartibsizliklarni keltirib chiqardi.


Maqola muallifi

Teglar

FIFA

Baholaganlar

84

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing