FIFA 1-turining eng yaxshi futbolchilarini e’lon qildi

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) o‘zining reyting tizimi asosida 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turida eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan futbolchilarni aniqladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi. 

Hujumkorlik bo‘yicha reytingda Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi birinchi o‘rinni egalladi. U Jazoirga qarshi bahsda xet-trik qayd etib, jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Shuningdek, Messi Argentina terma jamoasining darvoza tomon yo‘llangan aniq zarbalarining 60 foiziga mualliflik qildi.

Ijodkorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha Eron terma jamoasi himoyachisi Ramin Rezayan yetakchi deb topildi. Yangi Zelandiyaga qarshi 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda o‘ng qanot himoyachisi sifatida harakat qilgan futbolchi o‘yin davomida bitta gol urdi va 31 ta aniq uzatmani amalga oshirdi.

Himoyachilar reytingida esa Kanada terma jamoasi vakili Derek Kornelius birinchi o‘rinni egalladi. Bosniya va Gersegovinaga qarshi bahsda u 17 marta to‘pni saqlab qoldi, 13 ta to‘p raqib jamoadan qaytarib oldi, to‘rtta blok qayd etdi. Shuningdek, u havodagi sakkizta yakkakurashning barchasida g‘olib chiqdi.

Elatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi birinchi turda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushdi va 3:1 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi ilk golini esa Abbosbek Fayzullayev kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Jahon chempionati FIFA Ramin Rezayan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing