Fidoyi pedagoglarga oylik ustamalar berilishi kutilyapti
Jamiyat
−
12 may 2023
7298O‘zbekistonda yuqori natijalarga erishgan pedagoglarga har oyda 50 foizgacha ustama to‘lash tizimi joriy etilishi mumkin. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2023 yil birinchi choragi yakunlarini yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotida ma’lum qilindi.
Keltirilishicha, mamlakatda professional ta’lim sohasi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi tizimini joriy etish maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Professional ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish va ularni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilgan.
Ushbu hujjat professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning lavozim maoshlari o‘rtacha 20 foizga oshirishga, fidoiy, tashabbuskor hamda yuqori natijalarga erishgan pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik 50 foizgacha ustama to‘lash tizimi joriy etilishiga xizmat qiladi.
Deputatlar Vazirlar Mahkamasining hisobotini ma’qullagan.
LiveBarchasi