FIDE Jahon kubogi: o‘zbekistonlik shaxmatchilar turnir favoritlarini mag‘lub etdi

Sport

image

Kecha, 17 iyul kuni Rossiyaning Sochi shahrida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha FIDE Jahon kubogining 1/64 final bosqichidan o‘rin olgan hal qiluvchi tay-brek partiyalari o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonning yosh grossmeysterlari Jahongir Vohidov va Javohir Sindorov turnir favoritlarini mag‘lub etishning uddasidan chiqdi.  

Jahongir Vohidov (2534) tay-brekning ikkinchi davrasida Leniyer Domingesni (2758) 3:1 hisobi bilan mag‘lub etdi. Javoxir Sindorov (2558) tay-brekning uchinchi raundda Alireza Firuzja (2759) ustidan 3,5:2,5 hisobida zafar quchdi.

Avvalroq, Nodirbek Abdusattorov (2633) ikkinchi bosqichda hindistonlik Aravind Chitambaramni (2641) 1,5:0,5 hisobida g‘alaba qozongani haqida xabar berilgan edi.

FIDE Jahon kubogining uchinchi bosqichida o‘zbekistonlik shaxmatchilarning navbatdagi raqiblari ham ma’lum:

Javoxir Sindorov perulik Xorxe Kori bilan, Jahongir Vohidov rossiyalik Pavel Ponkratov bilan, Nodirbek Abdusattorov gollandiyalik grossmeyster Anish Giri bilan bahs olib boradi

Umumiy mukofot jamg‘armasi 1 892 500 dollarni tashkil qiluvchi turnir g‘olibi 110 000 dollarga ega bo‘ladi. Musobaqa 8 avgustga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Vohidov Nodirbek Abdusattorov FIDE Jahon kubogi Javohir Sindorov

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing